WBC tashkiloti Saul Alvares va Kaleb Plant jangi uchun yangi kamar o‘ylab topdi (foto)

  • 15.09.2021 10:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) WVC, WVA, WVO va The Ring kamarlari egasi meksikalik Saul Alvares o‘zining navbatdagi jangini 6 noyabr kuni IBF chempioni Kaleb Plantga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi "MGM Grand" arenasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, WBC tashkiloti Meksika mustaqillik kuni munosabati bilan ushbu jang uchun mahsus "Teotihuacan" kamarini ta’sis etdi. "Teotihuacan" bu - Mexiko shimoli -sharqidagi Meksikaning ulkan arxeologik majmuasi nomi hisoblanadi.

teothihuacano-belt

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!