
WBC yangilangan reytingiga Bahodir Jalolov ham kiritildi
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) aprel oyi bo‘yicha yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga Kamil Sokolovskini mag‘lub etgan Bahodir Jalolov ham kiritildi. Hamyurtlarimiz egallab turgan o‘rinlar bilan batafsil tanishing:
Og‘ir vazn: Bahodir Jalolov 32-o‘rin;
Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdugafurov 28-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziev 39-o‘rin;
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 9-o‘rin;
Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 21-o‘rin;
Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 22-o‘rin;
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Islombek Pirmanov 40-o‘rin;
Birinchi o‘ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 14-o‘rin.
Fikrlar