WBO prezidenti: "Joshuaga boshqa imkoniyat berilmaydi"

  • 13 dekabr, 2020, 22:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Profescional boksning superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF, IBO kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshua o‘zining IBF kamarini Kubrat Pulevga qarshi majburiy himoya qildi va nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Ushbu jangdan so‘ng, Entoni Joshua Tayson Fyuri bilan jang qilishi mumkinligi aytilgan edi. WBO prezidenti Pacho Velkersel ushbu vaziyatga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biz allaqachon Joshuaga istisno tariqasida 2 ta jangga ruxsat berdik (Endi Ruis va Kubrat Pulevga qarshi). Biz boshqa bunday qilish niyatida emasmiz. Joshua navbatdagi jangida WBO kamarini Aleksandr Usikdan himoya qilishi yoki uni vakant qoldirishi kerak", - dedi Velkersel.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!