Xabi Alonso: "Biz bahona qidirmaymiz"

  • 18 avgust, 22:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi munosabati bilan La Ligaga 1-turdagi "Osasuna"ga qarshi uchrashuvni 19 avgustdan 29 oktyabrga ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilgan edi. Biroq, Ispaniya Futbol Federatsiyasi uchrashuvni ko‘chirishni rad etdi. Ushbu holatga esa "qirollik klubi"ning mutaxassisi Xabi Alonso o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

"Endi bu qaror yakuniy bo‘ldi. Shunga qaramay, biz so‘rovimiz qo‘llab-quvvatlanishini istar edik – avvalo futbolchilar sog‘ligi uchun. Lekin bu amalga oshmadi.

Ikki haftagina tayyorgarlikka ega bo‘ldik, ammo bahona qidirmaymiz. Jamoa kurashishga tayyor. Ayrim holatlarda qalb va istak jismoniy holatdan ham ustun turadi", — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar"ning "Osasuna"ga qarshi o‘yini ertaga soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!