
Xabi Alonso: "Biz butun jamoa bo‘lib o‘ynadik"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Ovedo"ga qarshi o‘yindan keyin matbuot anjumanida fikr bildirdi.
Vinisiusning zaxirada boshlashi haqida:
"Menda doimiy asosiy tarkib yo‘q. Tarkib har bir raqib va har bir o‘yin talabiga qarab belgilanadi".
Ikkinchi taym haqida:
"Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz biroz pasaydi, chunki "Ovedo" oldinga bordi. 2:0 hisobi bizga muayyan xotirjamlik berdi. Bu safardagi kuchli va yaxlit o‘yin bo‘ldi, biz bir butun jamoa bo‘lib harakat qildik".
"Mbappe haqida:
"Mbappe Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan buyon 4 kilogramm qo‘shdi".
Boshqa futbolchilar haqida:
"Franko Mastantauno bugun juda yaxshi o‘ynadi. U jamoaga tez moslashdi va ham yaqin kelajakda, ham uzoq muddatda biz uchun muhim bo‘ladi. Rodrigo ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi" - deya javob berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar