
Xabib Nurmagamedov futbol tarixidagi eng ahmoqona kun qaysiligini aytdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov “JCh-2006” final bahsi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
O‘sha o‘yinda Frantsiya terma jamoasi sardori Zinedin Zidan raqib himoyachisi Marko Materatstsiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi. Penaltilar seriyasigacha davom etgan bellashuv Italiya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
“Futbol tarixidagi eng ahmoqona kun", - deb yozdi Xabib instagramdagi sahifasiga.
Rossiyalik jangchi muntazam ravishda futbol mavzusida o‘z fikrlarini bildirib boradi. U MMAdagi faoliyatini yakunlagach, professional futbolchi bo‘lishni maqsad qilayotgani haqida ham gapirib o‘tgan edi.
Fikrlar