
"Xalqaro nogironlar kuni" munosib nishonlandi
Kecha poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘z nutqi bilan ochib berdi. So‘ngra sahnaga birin-ketin yurtimizning mashhur san’atkorlari chiqib kelishdi. Ular ijro etgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarning kayfiyatiga kayfiyat ulashdi.
Bayram tadbirida shuningdek O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi yil laureatlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” deb Parakanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shaxnoza Mirzaeva, “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” deb esa Para atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bobir Omonovlar topilishdi. Aytish kerakki, ular o‘z nutqlarida sportga, ayniqsa Paralimpiya sportiga qaratayotgan e’tibor va g‘amxo‘rligi uchun Muhtaram Prezidentimizga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirishdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi tadbir ko‘ngli yarim insonlarning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Ularda ertangi kunga bo‘lgan ishonchni yanada oshirdi. Eng muhimi, ular Mustaqil O‘zbekistonda hech qachon yolg‘iz emasliklari va hech kimdan kam emasliklarini his qilishdi.
Quyida ushbu bayram tadbiridan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:






































































Fikrlar