Xalqaro sport tadqiqotlari markazi eng kuchli yosh futbolchilarni aniqladi
"Barselona" o‘ng qanot hujumchisi Lamin Yamal - CIES talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi.
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) 20 yoshga to‘lmagan dunyoning eng yaxshi 200 nafar futbolchisi reytingini e’lon qildi.
Reytingni tuzishda 2025 yilda o‘tkazilgan o‘yinlar bahosi asosiy mezon bo‘ldi. CIES tizimi bo‘yicha maksimal ball - 100. Biz esa sizga ushvu ro‘yxatdan kuchli o‘ntalikni taqdim etamiz.
Top 10 quyidagicha:
1. Lamin Yamal ("Barselona") - 97,7;
2. Pau Kubarsi ("Barselona") - 93,4;
3. Uorren Zair-Emeri (PSJ) - 87,8;
4. Estevao ("Chelsi" / "Palmeyras") - 86,7;
5. Franko Mastantuono ("Real" / "River Pleyt") - 85,4;
6. Jorrel Xato ("Chelsi" / "Ayaks") - 84;
7-8. Rojer Fernandesh ("Braga") - 83,9;
7-8. Maylz Lyuis-Skelli ("Arsenal") - 83,9;
9. Jeovani Kenda ("Chelsi" / "Sporting") - 83,8;
10. Elias Montel ("Pachuka") - 83,2.



Fikrlar