Hamzat Chimaev va Habib Nurmagomedov oʻrtasidagi munosabatlar chindan ham yomonmi?
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Hamzat Chimaev MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Biz Xabibga havas qilib ulg‘ayganmiz. U tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri. Odamlar men va Xabib o‘rtasida qandaydir muammo bor, deb o‘ylaydi, biroq bu haqiqat emas. Nurmagomedov – mening musulmon akam. U ham men kabi kambag‘al qishloqdan chiqib, mana shunday katta natijalarga erishgan", – deya chempionning so‘zlarini keltirdi "The Fight Fantastic".
Eslatib o‘tamiz, Chimaev navbatdagi jangini 10 may kuni "UFC 328" turnirida amerikalik Shon Striklendga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar