Xarakteri juda og‘ir Yaxshiboev nega katta pullardan voz kechgan yoxud uni Shomurodovga tenglashtirsa bo‘ladimi?

  • 1 oktabr, 2021, 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 9
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Jasur Yaxshiboev “Real” darvozasiga supergol urganidan keyin Rossiya ommaviy axborot vositalari “Paxtakor” klubi sport direktori Ja’far Irismetovdan intervyu oldi.

2bfd961e42e994dc1ea553c5a4c14b2961542fee58671677397051

- Jasur Yaxshiboev bir paytlar siz “Spartak”da qila olmagan ish – Chempionlar ligasida gol urishni uddaladi. Nimalarni his qilyapsiz?

- “Real”ga o‘zbek futbolchisi gol urganidan juda xursandman. Men Chempionlar ligasida gol urgan-urmaganim haqida umuman o‘ylaganim yo‘q. Bugun “Paxtakor” bayram qilyapti, hamma bir-birini tabriklayapti. Bu umumiy g‘alabamiz. O‘z vaqtida Yaxshiboev “Paxtakor”da o‘ynagan, lekin raqobat kuchliligi uchun ijaralarga jo‘natilgan. U bizda asosiy tarkibga kira olmadi. Har doim uni yaxshi futbolchi, deb bilganman va kun kelib o‘zini ko‘rsatishiga amin edim. Hozir tinchlanib, bu vaziyatni o‘tkazib yuborish kerak. Barqaror o‘yin ko‘rsatish kerak, Madridda “Real”ga gol urganidan keyin yo‘qolib qolmasin.

- Nega u “Paxtakor”ga kerak bo‘lmay qolgan?

- To‘g‘risini aytsam, o‘zbekistonlik futbolchilar orasida undan yaxshi vingerni ko‘rmadim, lekin Jasurning maishiy muammolari bor edi. Men uni o‘rinbosarlar tarkibidan olib chiqa boshlaganimda xarakteri juda og‘irligini bilgandim. U avval aqlini yig‘ib olishi kerak. U o‘z olamida yashaydi va tanqidni ko‘tara olmaydi. Balki, hozir ancha ulg‘ayib qolgandir. Unda o‘zini ko‘rsatish va top-klubga o‘tish imkoni paydo bo‘ldi. “Sherif” Jasurga tramplin bo‘lishi kerak. “Sherif” yaxshi klub. Men o‘z vaqtida bu klubga ko‘rikka borgan edim. Hozir ham prezidenti o‘zgarmagan ekan.

- Yaxshiboev berib yuborilganiga afsuslanmaysizmi?

- Nega endi? U avval asosiy tarkib o‘yinchisi edi, keyin zaxiraga o‘tirib qoldi. Biz bu darajadagi futbolchi asosiy tarkibda bo‘lishini istardik. Uning tajribasini oshirib, qaytishini kutgandik, lekin sotib yuborishimizga to‘g‘ri keldi. Bu ikki tomon uchun manfaatli qaror bo‘ldi. “Paxtakor”dagi faoliyati o‘xshamadi, lekin Belarusda “bir oyoqda o‘ynab” eng yaxshi futbolchilardan bo‘ldi, kuchliroq klub hisoblangan “Legiya”ga o‘tdi va yana to‘xtab qoldi. “Sherif” transferi uning foydasiga ishladi.

- Jasur Yaxshiboevni Eldor Shomurodovga tenglashtirsa bo‘ladimi?

- Hali erta. Shomurodov bir necha mavsum “Rostov”da pishgan. Unga yuqori darajada o‘ynash ancha oson. Yaxshiboev hali yo‘lning boshida. Shunga qaramay, 24 yosh futbolchining ayni kuchga to‘lgan payti. U juda iste’dodli yigit. Shomurodov kabi pulni emas, karerani tanladi. Ko‘p futbolchilarimiz Rossiya yoki Evropadan ancha ko‘p to‘laydigan BAA yoki Qatar kabi Osiyo mamlakatlari chempionatlariga ketmoqda. Jasur “Paxtakor”ga tegishli bo‘lgan paytlarda ham Osiyo klublari unga dahshatli summalarni taklif qilardi. U hammasini rad etgan.

20689032_680_291_2155_1121_1920x0_80_0_0_4c573959e4101e2c00271775fe210598

Darhaqiqat, Jasur Yaxshiboev o‘z tarixida ilk marotaba UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichda qatnashayotgan “Sherif”ning muvaffaqiyatlariga ulkan hissa qo‘shmoqda. Moldova klubi “D” guruhidagi dastlabki ikkita uchrashuvda Ukrainaning “Shaxtyor” va Ispaniyaning, “Real”  jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, olti ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

Endi Jasur Yaxshiboev jamoasi guruhdagi uchinchi uchrashuvini 19 oktyabr kuni Milanda Italiya chempioni “Inter”ga qarshi o‘tkazadi.

Madridliklar “Real”ni supergol bilan tiz cho‘ktirgan Yaxshiboevni hech qachon unutmaydi!

Bugun legionerimiz “Santyago Bernabeu”da “Real”ga qarshi to‘p tepadi!

 Rim derbisida hujumni kuchaytirgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

Mourinoga butsamni otib yubordim!

Bugun Rim derbisi: Shomurodovda Reynaga gol urish tajribasi bor. Mourino undan foydalanadimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
29/09/2021 18:55
Жаъфар, пахтакорда соглом ракобат бор-ми? ЙУКлиги учун Яхшибоев бошка клубларга утиб кетди. Футбол даражаси Узбекистондан бир неча марта паст хисоблансада, Узбекистондан яхширок булган Беларус ва Молдовага бориб уйнамокда. Сизларда, айнан сен рахбарлик киладиган шарманда клубда соглом ракобат булмагани учун мажбур булди. Буни тан олиш мардни иши! Сени гапларинг бир-бирига зид. Канакасига ундан яхши вингерни курмаган булсанг-у, лекин асосий таркибга кирмаса? Демак, пахтакорда энг яхшилар асосийда тушмайди, шундай-ми??? Футболчига аклини йигиб олиши, танкид кутара олмаслиги мухим эмас! Уста психолог мураббий бундан фойдалана олади! Пахтакор да эса шундай мураббий йук. Сен хам эплолмаяпсан! Мард булиб, тан олсанг булмайди-ми?
&
Бухорий Шариф
29/09/2021 23:16
Офарин, Брово. Фикирлар учун қойил.
Baxil Alihuja
29/09/2021 19:20
Футболчини вазифаси уйнаш, мураббийни вазифаси уни тугри уйната олиш! Пахтакорда уни уйната оладиган аклли мураббий ЙУК! Чириган пахтакорда ракобат ЙУК! Футбол ЙУК! Мураббий бахона килиши керак эмас, кучли психолог булиши керак. ХАр бир уйинчи Характерига караб муомала килиши шарт!
&
Бухорий Шариф
29/09/2021 23:20
100 % Ҳақ гапларни ёзибсиз. Мен ҳам мақолани ўқиб ёзмоқчи эдим. Лекин бундан ортиқ ёзиб бўлмайди.
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
29/09/2021 23:28
Ofarin Yashang
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/09/2021 22:56
Jasurni hali Eldorga tinglashterish qiyin. lekin man Zaminadan tushib Nasafka qarshi uynagan harakatlari kuruvdim zur edi. lekin kechaki uyinga gol urdi omadini bersin. lekin maydonga kup yugurmadi kup bor etibor berdim Eldor esa Hamisha Himoyachilarga bosimga ushlap turadi. Jasur hujimdan kura qanotka foydasi kup tegadi chogim. ochigi kecha Real muhlisi bulsam ham kechaki uyinga Jasur yutushini hohladim chunki Real boshqa uyinlarga kerakli achkolarni olib keyin etapka utadi. lekin Jasurni ham Kamandasi imkoniyat zur. kerak bulsa qolgan uyinlarga hammasiga durang uynasa ham. chiqadi guruhdam.
Ulugbek Nevajno
29/09/2021 20:01
Отабек Шукуров командаси уйнавотти силкаси Uzbekistan Legioners каналига жойланган, хамма легионерла уйини ва силкалари жойланиб борилади.. кимга кизу боса
Sattorov Xayriddin
29/09/2021 19:24
Peresga yoqiptimi
Sattorov Xayriddin
29/09/2021 19:24
Yaxwiboyev realga utiwkerak