Xatolar qimmatga tushdi. Manchesterliklar yulduzidan voz kechmoqda

  • 12 aprel, 18:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati Evropa Ligasi doirasida Frantsiyaning “Lion” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan chorak finalning birinchi uchrashuvidan keyin darvozabon Andre Onanadan voz kechish bo‘yicha qa’iy qarorga keldi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, “Lion” maydonidagi bahsda kamerunlik darvozabonning ikkita qo‘pol xatosi gol bilan yakunlandi. Natijada manchesterliklar g‘alabani qo‘ldan chiqarib, 2:2 hisobidagi durang bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.

29 yoshli darvozabon 2029 yili “Inter”dan katta umidlar bilan olib kelingan edi. 50 million evrodan ortiq mablag‘ evaziga transfer qilingan Onana ishonchli oqlagani yo‘q.

Endi manchesterliklar yozda Andreni sotib yuborishga va o‘rniga ishonchli golkiper olib kelishga xarakat qiladi. Muvaffaqiyatsiz o‘yinlar ortidan bu posbonning transferi narxi ham keskin tushib bormoqda. Uning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!