
Xavi “Barsa”dan qachon ketishini aytdi
“Barselona”ni Ispaniya chempionati musobaqa jadvalining eng yuqori pog‘onasiga qaytargan Xavi Ernandes qaysi holatda klubdan ketishini ochiq aytdi.
- “Barselona” mening uyim. Bir umr shu erda qolishga roziman. Lekin kelajagim ko‘rsatadigan natijalarimizga bog‘liq.
Keyingi ikki mavsum davomida milliy chempionatda muayyan muvaffaqiyatlarga erishdik. Shu bilan birga Evrokuboklarda ham ikki marta pand edik.
Men jamoadan o‘z ixtiyorim bilan faqat bir holatda – futbolchilar mening so‘zlarimga kirmay qo‘yganida ketishim mumkin, - dedi Xavi Ernandes.
Fikrlar