
Xavi eng kuchli murabbiylar bilan o‘zini bog‘ladi
Sobiq "Barselona" bosh murabbiyi Xavi o‘zi va dunyoning eng yaxshi murabbiylari haqida fikr bildirdi.
"Barselona" akademiyasi va yarim himoyadagi pozitsiyam menga ustunlik berdi: men har doim futbolni yaxlit tarzda ko‘rardim. Faqat himoya yoki hujum haqida o‘ylamasdim – jamoaning umumiy o‘yinini rejalashtirardim. Men uchun eng yaxshi murabbiylar – sobiq yarim himoyachilar: Pep Gvardiola, Lui van Gal, Karlo Anchelotti, Xabi Alonso va Mikel Arteta," – dedi Xavi France Football nashriga.
Ayni paytda Xavi hech bir klubni boshqarmayapti. U o‘tgan yil oxirida "Barselona" bosh murabbiyligidan ketgan edi.
Fikrlar