Xavi jamoasida "Vilyarreal" a’zosini ko‘rmoqchi

  • 05.05.2023 18:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes rahbariyatdan "Vilyarreal" o‘ng qanot himoyachisi Xuan Foytni sotib olishni so‘ramoqda. Jurnalist Xavi Migelning so‘zlariga ko‘ra, Xavi aynan argentinalik bilan o‘ng qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.

Rahbariyat Xavining talabiga xayrixoh va Foytni sotib olish bo‘yicha o‘z rejasiga ega. "Barselona" Xuan transferiga joriy mavsumda "Valensiya"da ijarada o‘ynayotgan yarim himoyachisi Niko Gonsalesni ham qo‘shmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Foyt bungacha Angliya premer-ligasida, ya’ni Londonning "Tottenxem" jamoasida sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!