
Xavi Levandovskining "Barsa"ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini sotib olinishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. U o‘z fikri davomida futbolchining yoshi ahamiyatsiz ekanini aytdi.
"Futbolchini qo‘lga kiritishda men uchun uning yoshi muhim emas. Masalan, Dani Alves bizga 38 yoshida keldi.
O‘yinchilar yoshi ulg‘aygan sari o‘zlariga yaxshi e’tibor qilishadi, professional bo‘lib qolishadi. Bunga Dani Alves, Zlatan Ibragimovich, Luka Modrich, Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messini misol qilib keltirish mumkin", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Levandovskining myunxenliklar klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar