
Xavi qimmatbaho yulduzdan norozi. Uni “Barsa”dan “quritmoqchi”
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes katta umidlar bilan “Atletiko”dan ijaraga olingan Joau Feliksni to‘liq transfer qilinishiga qarshi chiqdi.
Ispaniyalik mutaxassis portugaliyalik futbolchining o‘yin saviyasidan qoniqqani yo‘q. Klub rahbariyatiga ham Feliks barqaror tarzda o‘yin ko‘rsata olmayotgani yoqmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xavi Ernandes Joauning transferiga boshidan qarshi bo‘lgan. Biroq klub prezidenti Joan Laporta bosimi ostida Feliksni jamoaga qo‘shib olishiga to‘g‘ri kelgan.
24 yoshli futbolchi “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Atletiko” uni 2019 yili 127,3 million evroga transfer qilgandi.
Lekin Joau madridliklarning asosiy figurasiga aylana olmadi. Natijada klub uni “Chelsi” va “Barselona”ga ijaraga berib yubordi. Har ikki klub ham Feliksni to‘liq transfer qilish huquqi bo‘lsa-da, o‘yinchini olib qolishdan bosh tortdi.
Fikrlar