Xavi “Real”dan uchralgan mag‘lubiyat oqibati haqida gapirdi

  • 18 yanvar, 2024, 16:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi Ernandesning “Barselona” bosh murabbiyligini tark etishi haqidagi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda.

Tecno

Ayniqsa, kataloniyaliklarning Ispaniya Superkubogi finalida ashaddiy raqib “Real”dan yirik hisobda mag‘lub bo‘lgani Xavi Ernandesning faoliyatiga katta zarba bo‘ldi.

- Futbolchilar meni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan kuni narsalarimni yig‘ishtirib, uyimga ketaman.

Finaldagi mag‘lubiyat, ayniqsa, “Real” bilan to‘qnashuvdagi omadsizlik menga og‘riq beryapti va katta bosim o‘tkazyapti.

Lekin jamoamiz kuchli, o‘yinchilarimiz loyihaning muvaffaqiyatli ekaniga ishonadi.  Biz kuni kecha juda yomon o‘ynaganimiz rost, biroq o‘tgan yilgi yutuqlarni takrorlamoqchimiz, - dedi Xavi Ernandes.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Xavi Ernandes “Barselona”ni bir necha yillik tanaffusdan keyin Ispaniya chempioniga aylantirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!