
Xavi urishqoq yulduzni kutmoqda
“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Xavi Ernandes kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis yozgi transferlar chog‘ida Joau Kanselu xarid qilinishini istayapti. Portugaliyalik himoyachi o‘tgan yili “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan urishib qolganidan keyin ishlari yurishmay qoldi.
Joau mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Bavariya”da o‘tkazdi. Endi o‘ziga yangi ish joyi topishi kerak.
“Manchester Siti” 2027 yilning yozigacha shartnomaga ega bo‘lgan o‘yinchini 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar