
Xavi yangi murabbiyni “Barsa”da qanday “dahshatlar” kutayotganini aytdi
Ispaniyalik jurnalistlar “Barselona” bosh murabbiyligidan ketgan Xavi Ernandesdan o‘zining o‘rnini egallaydigan mutaxassisga maslahat berishini so‘rashdi.
- Men bo‘lajak bosh murabbiyga shuni aytishim mumkinki, u juda murakkab jarayonlarga to‘qnash keladi. Uni qutqaradigan yagona omil – faqat g‘alaba qozonish.
Bu fakt. Bosh murabbiy xorijlik bo‘ladimi yoki mahalliy mutaxassis, buning farqi yo‘q.
Yangi murabbiyga bu erda juda ko‘p azob chekishini, bu juda qiyin ish ekani va sabr qilishga majbur bo‘lishini aytishim mumkin, - dedi Xavi Ernandes.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona”ni germaniyalik tajribali mutaxassis Xans-Diter Flik boshqarishi kutilmoqda.
Fikrlar