Xayr, Gyottse!
Salomatligida qator muammolar kelib chiqqan iste’dodli futbolchi Mario Gyottse qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda.
Futbol maydonida o‘zini ko‘rsatolmay qolgan futbolchi endi sog‘lig‘idagi muammolarga qarshi kurashishik erak. Tibbiyot xodimlari Marioning futbol o‘ynash imkoniyatini tekshirib chiqdi. Unga ko‘ra, ayni kuchga to‘lgan futbolchining o‘yinini yaqin o‘rtada ko‘rmaymiz.
Tekshiruvlar Mario Gyottse joriy mavsumda umuman maydonga tushmasligini ko‘rsatdi. Buni “Borussiya” klubining rasmiy sayti ham tasdiqladi.

Marioning asosiy maqsadi sog‘lig‘ini tezroq tiklab, yangi mavsumda safga qaytishdan iborat bo‘lib qoldi.

Fikrlar