Xayrulla Hamidov, Murod Rizaev va bir qator jurnalistlar “So‘g‘diyona”ning OFK kubogidagi mag‘lubiyatiga reaktsiya bildirdi

  • 6 oktabr, 2022, 16:08
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha OFK Kubogi hududlararo final bosqichi doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar o‘yinning asosiy va qo‘shimcha taymlarida darvozalarga yo‘l topa olmadi. Natijada hakam penaltilar seriyasiga murojaat qildi.

OFK kubogi finaliga bir qadam qolganda “So‘g‘diyona” qay tarzda mag‘lubiyatga uchradi?

IMG_2739

Ulug‘bek Baqoev ekstra taymlarning oxirlarida tarkibda o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Baqoev Superliga oxirgi turida penaltidan gol ura olmagan Shohruz Norxonovni zaxiraga oldi. Shuningdek, asosiy posbon Milan Mitrovich o‘rniga zaxira posboni Shirinboy Abdullaev penaltilar seriyasiga tashlandi. Biroq bu o‘zgarishlar jamoaga yordam bermadi. Almashtirishlar hisobga ta’sir o‘tkaza olmadi.

Lotereyada omad "Kuala-Lumpur Siti"ga kulib boqdi. “So‘g‘diyona” 5:3 hisobida imkoniyatni boy berib, OFK kubogi finaliga chiqa olmadi.

IMG_2790

Jizzaxliklar yaratilgan imkoniyatdan foydalana olmadi. Uchrashuvda rangbaranglik ko‘rinmadi. Shu sabab “V” yoki “S” rejalar ko‘rinmadi. Natijada jamoa shu bosqichda to‘xtadi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng bir qator jurnalistlar ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida o‘z munosabatini bildirdi.

Xayrulla Hamidov: - Bruneyga urilgan 14 ta goldan bittasini “So‘g‘diyona”ga berib tursanglar nima bo‘lardiya?!

Murod Rizaev: - Ex.. Afsus... “So‘g‘diyona” bir qadam qolgan ediya… Ikkinchi taym oxirida qanday qilib gol ura olmadi xayronman... Exxxxxx Shum bola nima der edi... Omboram yondi... Qo‘rg‘onam yondi.

Bobur Akmalov: - Bu o‘yin bilan finalda non yo‘q edi bizga! To‘g‘ri qildinglar, yigitlar!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev: - SSSRdan qolgan o‘yin uslubi bilan (agar buni uslub deb bo‘lsa) Malayziya klubini ham yutib bo‘lmaydi. Uyg‘oning! Deraza ortida 2022 yil!

Jaloliddin Qobiljonov: - Faqat ikkinchi qavatdan o‘ynab OFK kubogini yutib bo‘lmaydi, Mister Baqoev!

Jamoaning asosiy penaltichisini zaxiraga olish, “Qiziqum”ga qarshi seriyada ham birorta zarbani qaytarmagan Abdullaevni tushirish, menimcha bu maskaning davomi bo‘lsa kerak.

Norxonov Superligadagi oxirgi o‘yinda AGMKga 11 metrlik nuqtadan gol ura olmagandi.

IMG_2777

Internetda muxlislarning reaktsiyasi qanday bo‘lgani hech kimga sir emas. Jurnalistlarning fikrlari mana shunday.

Chindan ham Ulug‘bek Baqoev nimanidir o‘zgartirmasa, ichki musobaqalarda yana pand berishi mumkin. Chunki “bo‘rilar” OFK kubogiga ishonib, Superliga chempionligi uchun kurashdan chiqqandi. Endi jamoaning bor umidi O‘zbekiston kubogi va chempiontda 4-o‘rindan umidvor. Ammo bu musobaqalarda OFK kubogidan ko‘ra jiddiyroq kurash kechadi.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рахматов Карши
06/10/2022 20:35
Финалга бормагани хам макул экан ,уйини шу булса...
Saatov Ulugbek
06/10/2022 20:18
Ахир нимадир ишингни битишини кузлаб уйдан чикаетганингда дуо килиб туринглар оркамдан демайсанми ота онангга?
Saatov Ulugbek
06/10/2022 20:04
Шу шархловчиларга берманглар шархлашни, бошлангандан Бутун Узбекистанни ишонтириб булди ютказишига, Бутун Узбекистанда аурани яратиб берди ютказиишига, ОЛЛОХ дан Дуо килиб сураб турган мухлисларни фикрини чалгитиб, ... Ватанпарпарлик бундай булмайди дустим, индамасдан уйинни шархла, кимга керак сенинг негативларинг, сен ишонмасанг ютишига шархлама, Ана Отабек ка бер у Зур хар Калай негатив таркатмайди. Еки бориб тренер бул, калланг шунга зур булса, нима хаккинг бор уйин тугамасдан шунча мухлисни ишончини, чин дилдан ОЛЛОХ дан сураб турганини бузасан кайта кайта гапириб. Фикрингни эшиттиришингда айт уйиндан кейин. Уйиндаги вазиятлардан фойдаланишларини узидан сураб турган мухлисни КАР КАР килиб ишончини хам улдирасан!!!!
Жабборов Ахмаджон
06/10/2022 19:20
Суғдиёна бази бир жамоалардан қўра яҳши ўйнади йигитларга раҳмат. Аҳир бошдан юқори сакраб бўлмайдику.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/10/2022 19:02
Sugdiyona shergacha kelgani uzi katta yutuq bundan oldinki uyinga uzi. bilinuvdiki. muhimi tamini oldi. endi bu yildan yoqori urunlar uchun kurashadi endi