
Xayrullo Bozorov "Neftchi" qarorgohida bo‘ldi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qirgulidagi "Neftchi" futbol klubi qarorgohida bo‘ldi.
Unda futbolchilarga mashg‘ulotlar uchun qulaylik yaratish maqsadida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandi. Qarorgohdagi trenajor zallari, oshxona, yotoqxona, yuvinish xonalari, sport maydonlari ko‘zdan kechirildi.
Oshxonani sifatli qilib ta’mirlash, jihozlar bilan ta’minlash, yotoqxona va yuvinish xonalaridagi kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, futbol maydonlariga sifatli chim yotqizish, muxlislar o‘rin-joylarini tartibga keltirish, qarorgoh atrofi va old hududini obodonlashtirib, manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, berilgan topshiriqlarni sifatli qilib tugatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuoti xabar berdi.
"Yo‘lbarslar" ayni damda Antalyada yig‘in o‘tkazmoqda. Jamoa bugun "Atirau" bilan nazorat bahsida ishtirok etadi.
Fikrlar