
Xenderson Saudiya borasida Muhammad Salohga maslahat berolmadi
O‘tgan yozda “Liverpul”dan ketib, Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” jamoasi safiga qo‘shilgan Jordan Xenderson yangi sharoitlarga moslasha olmadi.
Mashhur futbolchi saudiyaliklar bilan o‘zaro kelishgan holda jamoani tark etib, “Ayaks” futbolchisiga aylandi.
Jurnalistlar Xendersondan saudiyaliklarjiddiy qiziqish bildirayotgan Muhammad Salohga Saudiya Arabistoniga borish masalasida qanday maslahat bera olishini so‘rashdi.
- Biror bir aniq maslahat bera olmayman. Chunki futbolchilar har xil. Hammasi tez o‘zgarishi mumkin. Men Saudiya ligasi yoki klublari haqida yomon gap ayta olmayman. Ular menga bergan imkoniyatlarni qadrlayman.
Men Angliya Premer-ligasiga qaytishim mumkinmi? Menga qiziqish bildirganlar haqida gapirish endi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki bugun men “Ayaks”daman va bundan juda mamnunman, - dedi Jordan Xenderson.
Fikrlar