Xese "Fiorentina"ga o‘tishi mumkin
“Fiorentina” klubi PSJ yarim himoyachisi Xese bilan shartnoma tuzishni istamoqda, deya xabar beradi La Repubblica nashri.
Manbada yozilishicha, italyan klubi 24 yoshli ispaniyalik futbolchini Federiko Bernardeskiga o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Avvalroq, florentsiyaliklar o‘z futbolchisini 40 million evro evaziga "Yuventus" sotib yubordi.
Xese o‘tgan mavsum 25 million evro evaziga PSJga o‘tgan edi, ammo jamoa o‘yinlariga kirishib keta olmadi, shuning uchun "Las-Palmas"ga ijaraga berib yuborilgan edi.

Fikrlar