Xitoy klubi Benzema, Kavani, Diego Kosta yoki Falkaodan birini sotib olmoqchi
Xitoyning "Tyanjin Tsyuantszyan" klubi jahonning eng kuchli forvardlaridan birin o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Gap Radamel Falkao, Diego Kosta, Karim Benzema va Edinson Kavanilar haqida bormoqda.
Ammo Xitoydagi legionerlar bo‘yicha joriy etilgan yangi cheklovlar bunga to‘sqinlik qilishi mumkin.
“Jamoamizning yangi mavsumga aniq rejalari ishlab chiqilgan. Afsuski legionerlarga qo‘yilgan cheklov bizning maqsadlarimizni ham chegaralab qo‘ydi. Bizga zo‘r hujumchi kerak va bu borada biz Benzema va Falkao bilan aloqaga chiqdik. Shuningdek, jamoamiz Diego Kostaga ham qiziqib ko‘rdi.

Kavani masalasiga kelsak PSJ uni yozgacha qo‘yib yubormaslikni aytib, bizning taklifimizni rad etdi”, - "Tyanjin Tsyuantszyan" klubi xo‘jayini Shu Tianjin Sports Channelga bergan intervyusida.

Fikrlar