Xoland, gapga ko‘nsang, maoshing oshadi
Yozda “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandga haqiqiy “ov” boshlanadi. Ko‘p klublar norvegiyalik futbolchining shartnomasidagi 75 million evroga uni xarid qilish imkonini beruvchi banddan foydalanmoqchi.
Dortmundliklar ham asosiy to‘purarini osonlicha berib qo‘ymoqchi emas. Hujumchini ushlab qolish maqsadida klub xo‘jayinlar unga yangilangan shartnoma va oshirilgan maosh taklif qilyapti.
Manbalarning xabar berishicha, “Borussiya” agar Xoland qoladigan bo‘lsa, unga yiliga 18 million evro maosh to‘lashga tayyor. Futbolchi hali bu borada o‘z fikrini aytgani yo‘q. Lekin uni chorlayotgan jamoalar dotmundliklardan ko‘proq to‘lashga ham rozi.
Ayni paytda jarohatini davolatayotgan hujumchi joriy mavsumda 10 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va uchta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar