Xoland bilan raqobatdan qo‘rqmayman!
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski myunxenliklarning “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni transfer qilmoqchi ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Ko‘pchilikni ikki to‘purarning bir jamoadagi raqobati qanday bo‘lishi qiziqtirmoqda.
- Oldimda raqobat masalasi ko‘tarilmaydi. Men o‘z bahomni bilaman va har doim bundan-da yaxshi o‘ynashim kerakligini ham, - dedi Robert Levandovski.
Levandovski keyingi yillarda Bundesliga to‘purarligini hech kimga bermay kelmoqda. Joriy mavsumda ham polshalik hujumchining o‘ynagan o‘yinlari sonidan urgan gollari ko‘p.
Erling Xoland joriy mavsumda ko‘p jarohat olayotgani bois, to‘purarlar poygasida tajribali hamkasbidan ancha ortda qolmoqda.

Fikrlar