
Xoland bu balodan qutila olmayapti
“Borussiya” bosh murabbiyi Marko Roze jamoa yulduzi Erling Xolandning muammolari borligini ma’lum qildi.
- Erling oyog‘idagi bu kuchli og‘riqlardan qutila olmayapti. Bir necha hafta oldin, Xolandning to‘pig‘i 90 gradusga qayrilib ketgani aks etgan suratlarni oldik, - deydi Marko Roze.
Xoland 2020 yilning yanvarida dortmundliklar safiga ko‘chib o‘tgandi. Bu hujumchi uchun “Borussiya” Avstriyaning “Zaltsburg” klubiga 20 million evro to‘lagan. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi.
Yozda Xoland Evropaning boshqa grand klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Norvegiyalik to‘purarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan jamoalar 300 million evro miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.
Fikrlar