
Xoland: Bunaqada men ketaman!
“Borussiya”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xolandning klubdagi faoliyati so‘roq ostida turibdi. Yaqinda dortmundliklar 20 yoshli futbolchi kelasi mavsumda ham Bundesligida to‘p tepishini aytgandi.
Biroq, Xolandning o‘zi UEFA Chempionlar ligasida muntazam o‘ynashni istamoqda. Agar “Borussiya” bu yilgi chempionatda kuchli to‘rtlikka kira olmasa va Chempionlar ligasidan quruq qolsa, Erling yozda boshqa jamoaga o‘tib ketadi.
Aksariyat mutaxassislar Xoland “Real” taklifini tanlashi haqida gapirmoqda. Madridliklar esa asosiy transfer nishoni sifatida Kilian Mbappeni belgilagan. Agar Parij klubi bu hujumchini jamoada qolishga ko‘ndirsa, Zidan o‘z jamoasiga Xolandni taklif qiladi.
Xoland joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 37 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar