
Xoland faqat bir futbolchidan qo‘rqadi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland joriy mavsumda o‘ziga qarshi o‘ynagan eng qiyin raqib kimligini aytdi.
22 yoshli hujumchining ta’kidlashicha, uni “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk ko‘p qiynagan ekan.
- Eng qiyin raqibga “Enfild”da to‘qnash keldim. Bu Virjil van Deyk edi. Men doim uning zo‘r himoyachi ekanini aytib kelardim. Menga juda yoqadi. Virjil aqlli, tezkor va yuqoridan keladigan to‘p uchun zo‘r kurashadi, - dedi Xoland.
Ma’lumki, norvegiyalik hujumchi debyut mavsumida 36 ta to‘p kiritib, Premer-liga tarixida to‘purarlik rekordini o‘rnatdi.
Fikrlar