Xoland Messini “taxt”dan ag‘dardi

  • 2 iyul, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning mashhur Marca nashri yakunlangan mavsumda Evropaning etakchi ligalarida eng zo‘r o‘yin ko‘rsatgan futbolchilar reytingni tuzib chiqdi.

Tecno

Unga ko‘ra, “Manchester Siti” safida Evropa Chempionlar ligasi, Angliya Premer-ligasi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan Erling Xoland birinchi o‘ringa loyiq topildi. Norvegiyalik hujumchi Angliya klubidagi debyut mavsumida jami 52 ta to‘p kiritdi.

Reytingda Xoland Evropa futbolidagi faoliyatiga nuqta qo‘ygan jahon chempioni Lionel Messini ortda qoldirdi.

Kuchli o‘nlik bilan tanishing:

  1. Erling Xoland (“Manchester Siti”)
  2. Lionel Messi (PSJ)
  3. Vinisius Junior (“Real”)
  4. Kilian Mbappe (PSJ)
  5. Kevin de Bryuyne (Manchester Siti)
  6. Rodri (Manchester Siti)
  7. Antuan Grizmann (Atletiko)
  8. Viktor Osimxen (Napoli)
  9. Ilkay Gyundogan (Manchester Siti)
  10. Xvicha Kvaratsxeliya (Napoli)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!