
Xoland Neymar va Levandovskini ortda qoldirdi. Undan oldinda 2 futbolchi bor
Erling Xoland 2022 yilni samarali o‘tkazmoqda.
Kecha "Manchester Siti" hujumchisi Liga kubogi 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi bellashuvda gol urdi.
Joriy yilda 22 yoshli forvard 41 uchrashuvda maydonga tushib, gol+pas tizimida 51 ochko to‘pladi (43+8). Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha u Neymar (42 o‘yinda 32+19) hamda Levandovskiga (51 o‘yinda 42+9) etib oldi.
Xolanddan faqatgina Messi (35+30) hamda Mbappe (55+17) ko‘proq ochko jamg‘argan.
Fikrlar