Xoland Salohdan zo‘r emas
"Liverpul" sobiq futbolchisi Denni Merfi Muhammad Salohni "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bilan taqqosladi.
“Agar Xoland sog‘lom bo‘lsa, u ko‘p gol uradi, bunga hech qanday shubha yo‘q. Ammo Erling Premer liga bir mavsumida gol urish bo‘yicha Salohning rekordini yangilay olmaydi, deb o‘ylamayman.
U bir mavsumda 32 ta gol kirita olmaydimi? Yo‘q. Menimcha, bu juda qiyin. Xolandi butun mavsum davomida jarohatlarsiz o‘ynashi kerak, qolaversa, Gvardiola uni har doim maydonga tushirishi zarur. Boisi, klubda etarlicha iqtidorlar bor”, - deydi Merfi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 4 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urishni uddaladi.



Fikrlar