
Xoland va Mbappe uchun "Real" eshiklari yopiqmi?
"Real" prezidenti Florentino Peres ikki iqtidorli hujumchining ehtimoliy transferi haqida gapirdi. Rahbar ular uchun eshiklar yopilmaganligini ma’lum qildi.
"Biz Xoland va Mbappe haqida gapirmadik. Ular uchun klubning eshiklari yopilmagan", - dedi Peres.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe va Xolandning amaldagi jamoalari bilan uzoq yillik shartnomasi mavjud. Kilian yozda "qirollik klubi"ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi, biroq frantsuz Parij jamoasi bilan yangi bitim imzoladi.
Fikrlar