
Xolandning to‘purarlik rekordini yo‘qqa chiqarishdi
Germaniya Bundesligasining 11-turida “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn norvegiyalik to‘purar Erling Xoland tomonidan o‘rnatilgan rekordni yo‘qqa chiqardi.
“Bavariya” o‘z maydonida o‘tkazilgan uchrashuvda “Augsburg” ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabani tantana qoldi. Myunxenliklarning barcha golini angliyalik forvard Harri Keyn kiritdi.
Bu gollar 30 yoshli forvardga yangi rekord keldi. Harri Keyn Bundasligada dastlabki 50 ta gol urish uchun eng kam o‘yin sarfalagan futbolchi sifatida qayd etdi. Buning uchun mohir hujumchiga 43 ta o‘yin kifoya qildi.
Avvalgi rekord Xolandga tegishli edi. Erling “Borussiya Dortmund”da o‘ynab yurgan kezlari 50 ta gol urish uchun 50 marotaba maydonga tushishiga to‘g‘ri kelgandi.
Fikrlar