Xorxe Masvidal Xabib Nurmagomedov borasida qanday fikr bildirdi?
UFC jangchisi Xorxe Masvidalning aytishicha, vazn toifasidagi chempion Kamaru Usmon u bilan jang qilishdan bosh tortgan. Xorxe Usmonning kurashga asoslangan jang uslubini tanqid qildi va shu bilan birga UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovga xurmat ko‘rsatdi.
"Menga bir nechta ismlar berishdi, ular orasida Usmon ham bor edi. Men Kamaru bilan jang qilishga rozi bo‘ldim. U esa rad qildi.Keyin UFC undan kamarni tortib olish borasida chora qo‘llashini bildirdi. Birozdan keyin u qo‘ng‘iroq qildi va jangga rozi ekanligini aytdi. Lekin allaqachon kech bo‘lgan edi. Biz jang qilmoqchi bo‘lgan yigitni topdik. Xullas,2-noyabr kuni Nayt Diaz bilan jang qiladigan bo‘ldik.
Sizningcha, Usmon nega rad etdi? U mening g‘alaba qozonishimni biladi. U hech qachon men bilan urishmoqchi emasdi. U jang qila olmaydi.U zarbalarni yo‘llashni istamaydi. Xatto bunday imkoniyat bo‘lsa ham. Raqibi “parter”ga tushib qolganda,ham hech narsa qila olmaydi. Men kurashchilarni hurmat qilmayman demayman. Xabib kabi jangchilarni juda hurmat qilaman, chunki u muddatidan oldin g‘alaba qozonishga harakat qilmoqda, zarbalar berib, o‘zi ham shunday zarbalarni qabul qilmoqda. Ammo Usmon ... Men uning uslubini xurmat qilmayman ",-deya Masvidalning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Bloody Elbow”.

Fikrlar