
Xosep Gvardiola: "Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisini yo‘qotdik"
Xosep Gvardiola Rodrining jarohati haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" yarim himoyachisi avvalgi hafta "Arsenal"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Endi futbolchi mavsumning qolgan qismida jamoasiga yordam bera olmaydi.
"Bizda hali ham aniq javob yo‘q. Ammo o‘ylashimiz bo‘yicha, kutganimizdan-da kamroq o‘yinlarda maydonga tushmaydi degan umidlar bor. Hozir sizga buni ayta olmayman.
Biz unga qanday turdagi operatsiya kerak bo‘lishini aniqlashtirishga urinmoqdamiz. Bugun kechqurun yoki ertaga anig‘ini bilib olamiz.
Agar siz uzoq vaqt davomida dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘lgan bo‘lsangiz, bu sinov jiddiy zarba bo‘ladi. Lekin echim topish mening burchim. Agar o‘yinchi almashtirib bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa, uning yo‘qotilishini jamoaviy futbol bilan qoplashimiz kerak", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
Fikrlar