
Xosep Gvardiola: Endi "Real"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya kubogi 1/4 final bosqichi "Nyukasl"ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz yarim finaldamiz. Raqib bu qadar chuqur himoyaga joylashib olganida hujum qilish oson bo‘lmaydi, ammo biz o‘yinni foydamizga hal qila oldik. Londonga, "Uembli"ga qaytganimdan xursandman (Kubok yarim finali "Uembli"da bo‘lib o‘tadi - Sports.uz).
"Chelsi"da uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, Premer-liga o‘yinlariga e’tibor qaratishimiz qiyin kechadi, shuningdek, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga ham yaqin turibmiz.
Biz yana "Uembli"da to‘p suramiz, bu kubokni o‘tgan yili ham qo‘lga kiritgan edik, shunday ekan barchasi joyida. Albatta, hozir biz "Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz", - deydi Gvardiola.
Fikrlar