
Xotin zo‘r bo‘lsa ham qiyin. Levandovskiga yangi jamoani karatechi xotini tanlab berdi
Germaniyaning Sport1.de saytining ma’lum qilishicha, “Bavariya” hujumchisi Robert Levadovskiga navbatdagi jamoani rafiqasi Anna tanlab berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, polshalik hujumchining ayoli turmush o‘rtog‘idan Kataloniyaga ko‘chib o‘tishni so‘ragan. Shu bois, mohir to‘purar “Barselona”ga o‘tishga qaror qilgani aytilmoqda.
Levandovskiga Angliya premer-ligasi vakillaridan serdaromad takliflar bo‘layotgan edi. Lekin Anna oilasining Angliyaga ko‘chib o‘tishiga jiddiy qarshilik qildi.
Ta’kidlash joizki, Anna karate bilan professional tarzda shug‘ullangan. U bu yakkakurash turi bo‘yicha qora belbog‘ sohibasi va jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar