
Xurshid Tojibaev raqibini nokautga uchratdi (video)
Professional boksning birinchi engil vazn toifasida (-59,8 kg) faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Xurshid Tojibaev Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan professional boks oqshomida gruziyalik Achiko Odikadzega qarshi jang o‘tkazdi. 8 raund etib belgilangan bahs muddatidan oldin yakuniga etdi. Tojibaev jang davomida raqibini bir necha marotaba nokdaun holatiga tushirdi va 5-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Tojibaev ushbu jangi orqali o‘zining 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi (3 nokaut).
Fikrlar