
Yagona gol "Navbahor"ning g‘alabasini ta’minladi
Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionda “Navbahor” hamda “Andijon” jamoalari ishtirokida nazorat uchrashuvi o‘tkazildi.
Namanganliklar ustozi No‘’mon Hasanov tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urgan holda birinchi bo‘limda asosan zaxiradagi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi. Jamoa etakchilari esa ikkinchi bo‘limda maydonga tushirildi. O‘yinning 68-daqiqasida Azim Ahmedovning penaltidan kiritgan goli “Navbahor”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
“Navbahor”: Islomjon Abdullaxonov, Mirzohid Mirzamahmudov, Xurshid Muxtorov, Tohir Shamsitdinov, Doston Abdulhaev, Islom Isoqjonov, Abdulhay Ismoilov, Sardor Telyakov, Komiljon Tojiddinov, Islom Rashidxonov, Shohruh Mahmudhojiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: O‘tkir Yusupov, G‘iyosjon Komilov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Abbos G‘ulomov, Ruslan Bolov, Zabihillo O‘rinboev.
“Andijon”: Eldor Adhamov, Xushnud Avilov, Usmonali Ismonaliev, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmadov, Farhod Bekmurodov, Baxtiyor Qosimov, Siroj Meliev, Abdulloh Olimov, Farhod Sohibjonov, Shahboz Jumaboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadsolih Ubaydullaev, Muhammadali Tursunov, Asil Azizov, Rustamjon Qo‘chqorov, Muhammadkarim Toirov, Said Mahamadinov, Shohruh Rahmiddinov, Muhammad Yo‘ldoshev, Doniyor Abdumannopov.
Fikrlar