Yakkakurashchimiz Suhrob Rahimbekov chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (foto)

CHERY AUTO

Kecha, 8 avgust kuni AQShda JIU-JITSU bo‘yicha ochiq chempionat bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz olti sport turi Suhrob Rahimbekov NAGA kamari uchun gilamga chiqib, amerikalik kuchli raqibidan ustun keldi.

Tecno

Mazkur musobaqada jahonning 20 dan ortiq davlatidan 300 nafardan ortiq sportchilar qatnashdi.

Raqibim kuchli sportchi. Uning janglarini doimo kuzatib boraman. U bilan bo‘lib o‘tgan bahs men uchun biroz og‘ir o‘tdi, biroq murabbiyimning maslahatlari va xalqimizning menga bo‘lgan ishonchi tufayli g‘alaba qozondim. Kelgusi janglarda ham faqat g‘alaba uchun kurashaman, – deydi Suhrob Rahimbekov SPORTS.uz internet portaliga.

 

 

Ma’lumot uchun: Jiu-jitsu — jang san’ati va asosan gilam ustida bellashadigan xalqaro sport yakkakurash turi. Shuningdek, raqiblar bir-birini qiynab, og‘riq beruvchi usullar qo‘llaniladi. Bu sport turi XX asr boshlarida Kodokan dzyudodan ajralib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!