
Yamal: "Biz keyingi bosqichga chiqamiz"
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri hisoblangan Lamin Yamal Interga qarshi super uchrashuvdan keyin bo‘lib o‘tgan uchrashuv va Milanda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz o‘yinni g‘alaba bilan yakunlashimizni o‘ylagan edik, lekin endi javob o‘yiniga va g‘alabaga e’tibor qaratish kerak.
Men har doim jamoamga barcha kuchimni berishga harakat qilaman. Shu bilan birga, men ko‘proqni xohladim, g‘alaba qozonishni istadim. Biz javob o‘yinida barcha kuchimizni beramiz va menimcha, biz keyingi bosqichga o‘tamiz.
Men doimo g‘alaba haqida o‘ylayman – bu eng muhim narsa. Shu sababli, men allaqachon javob o‘yini haqida o‘ylayapman" - dedi ispaniyalik yosh vinger.
Ma’lumot o‘rnida, "Jozeppe Miatstsa" stadionida bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak uchrashuv 6 maydan 7-mayga o‘tar kechasi soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar