Yamal Ispaniyaga hech kim erishmagan natija olib keldi
Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv 4:0 hisobi bilan yakunlandi va bu natija jahon chempionatlari tarixida ilgari kuzatilmagan rekordga sabab bo‘ldi.
Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi OptaJose portali xabariga ko‘ra, Ispaniya jahon chempionatlari tarixida tarkibida 18 yosh yoki undan kichik bo‘lgan ikki futbolchisi turli musobaqalarda gol urgan ilk terma jamoa sifatida qayd etildi.
«Qizil furiya» safida dastlab 2022 yilda Gavi Kosta-Rika darvozasiga gol urgan edi. O‘sha paytda uning yoshi 18 yosh 110 kunni tashkil etgan.
Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda esa Lamin Yamal raqib darvozasini ishg‘ol etdi. U maydonga tushganida 18 yosh 343 kunlik edi.
Endilikda Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichining 3-turida Urugvayga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar