Yamal Messidan yaxshiroq bo‘la oladimi? Gvardiola javob berdi

  • 28 iyul, 14:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal qachonlardir "ko‘k-anorranglilar"ning sobiq hujumchisi Lionel Messidan yaxshiroq bo‘la oladimi, degan savolga javob berdi. Eslatib o‘tamiz, Gvardiola 2008-2012 yillarda Kataloniya klubini boshqargan. Uning qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" bir nechta yirik sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Tecno

"Biz Lamin Yamalni o‘z yo‘lidan borishiga qo‘yib berishimiz kerak va u 15 yil o‘ynaganida, u Messidan yaxshiroqmi yoki yo‘qligini ayta olamiz.

Ammo uni Messiga o‘xshatishlarining o‘zi juda muhim. Bu xuddi rassomni Van Gog bilan taqqoslashga o‘xshaydi", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirdi Barca Universal.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!