Yamal va “Real”ning yangi yulduzini taqqoslab bo‘lmaydi

  • 23 avgust, 04:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning tajribali to‘purari Robert Levandovski jamoa etakchilaridan Lamin Yamal va “Real”ga yangi qo‘shilgan iqtidorli o‘yinchi Franuo Mastantuono o‘zaro taqqoslash haqidagi taklifga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- O‘ylashimcha, yosh o‘yinchilarni hozirdan bir biriga taqqoslash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ko‘pincha futbolda iqtidorli yoshlar ortiqcha bosim ostida qolib ketadi. Ularning zimmasiga hamma narsani yuklash yaxshi emas. Bu ularning kelajagiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Eng asosiy masala – bu o‘yinchilar 25-26 yoshga to‘lganida qanday bo‘ladi? Ular o‘shanda ham yuqori darajada o‘ynay oladimi? Eng katta muammo 10-15 yil davomida yuqori saviyani ushlab turishda, - dedi Robert Levandovski.

Levandovski “Barselona”da oxirgi mavsumini o‘tkazmoqda. Polshalik hujumchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
23/08/2025 08:35
Ассалому алекум тўюри гап испанлар ҳам жинни бўлганми бир футболчи сотиб олса уни бунгга, уни бунгга таққослашни бошлаб юбришади Ливондовский фикри кен инсон экан тўғри фикрлай оладиган узоқни кўрадиган футболчи экан тўғоида таққослаб бир бирига солиштириб нима қиласан ундан кўра мативация бер,кайфиятини кўтар махоратини ошишига ёрдам бер кейинчалик у ўзининг кимдан зўрлиги кўриниб бораверади