Yamayka terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar 35 yoshida vafot etdi

  • 23.01.2021 13:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq futbolchi Luton Shelton 35 yoshida vafot etdi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yamaykalik futbolchi 2018 yildan buyon lateral amiotrofik skleroz bilan kurashib kelayotgan edi. O‘z vaqtida aynan mana shu kasallik sabab, "Zenit"ning sobiq yarim himoyachisi Fernando Rixen ham olamdan o‘tgan edi.

Ta’kidlash kerakki, Shelton Yamayka terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U 75 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 35 ta gol urgan.

Luton Shelton faoliyati davomida "Xelsingborg", "Volerenga", "Olborg", "Sheffild Yunayted", "Karabyukspor" hamda "Volga" klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!