Yana APLga qaytgan "Aston Villa" Trezege bilan shartnoma imzoladi

  • 24.07.2019 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Misr terma jamoasi va Turkiyaning “Kasimpasha” klubi vingeri Maxmud Xassan (Trezege) faoliyatini Angliyada davom ettiradigan bo‘ldi.

24 yoshli futbolchi APLga qaytgan “Aston Villa” klubi bilan shartnoma imzolagan. O‘z navbatida birmingemliklar uning transferi uchun 8,75 mln funt sarflashgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Trezege o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!