Yana bir futbolchi “Manchester Yunayted”dan yuz o‘girdi
Germaniyalik mohir darvozabon Kevin Trapp yaqinda “Manchester Yunayted”dan bo‘lgan taklifni qabul qilmagan edi. Endi frantsiyalik himoyachi Benjamin Pavar manchesterliklar safiga qo‘shilishdan bosh tortdi.
26 yoshli himoyachi “Manchester Yunayted”ga o‘tishdan ko‘ra, hozirgi jamoasi “Bavariya”da qolishni ma’qul ko‘rmoqda.
Uning myunxenliklar jamoasidagi ishlari yaxshi ketmoqda. Yangi mavsumda to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan Pavar “Leyptsig” va “Ayntraxt” jamoalari darvozasini ishg‘ol qilshga muvaffaq bo‘ldi.
2019 yildan beri Bundesliga chempioni sharafini himoya qilib kelayotgan o‘yinchining transfer summasi 30 million evroni tashkil qilyapti.



Fikrlar