Yana bir "Liverpul" a’zosi koronavirus yuqtirib oldi

  • 11 oktabr, 2020, 18:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi muammolar girdobida qolmoqda.

Jurnalist Amadu Makajining xabar berishicha, mersisaydliklar yarim himoyachisi Nabi Keyta koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi. U Gvineya terma jamoasi ixtiyoriga ketgan edi. Shuningdek, yana 4 nafar gvineyalik futbolchi ushbu virusni ilashtirib olgani ma’lum qilinmoqda.

Avvalroq, "qizillar" tarkibida Jerdan Shakiri, Tyago Alkantara, Sadio Mane kabi futbolchilar ham koronavirus bilan kasallangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!